2016 yildan beri O'zbekistonning ishonchli logistika hamkori.
EMU Express — O'zbekistonda pochta, kuryerlik va logistika sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega yetakchi milliy operatorlardan biridir. Kompaniya jismoniy va yuridik shaxslarga mahalliy hamda xalqaro jo'natmalarni tezkor, xavfsiz va ishonchli yetkazib berish, shuningdek, e-commerce va biznes uchun kompleks logistika yechimlarini taqdim etadi.
EMU Express dunyo bo'ylab eng yirik pochta va kuryerlik xizmatlari (UPU, DHL, FedEx, Aramex) bilan rasmiy hamkordir. Bu mijozlarimizga eng past narxlarda va eng qisqa muddatlarda xalqaro jo'natmalarni yetkazib berish imkonini beradi.
Onlayn buyurtma, real vaqtda kuzatish, narx kalkulyatori, e-commerce integratsiya va shaxsiy kabinet — barcha xizmatlarimiz to'liq raqamlashtirilgan. iOS va Android ilovalarimiz orqali mijozlar istalgan joydan xizmatlardan foydalanishlari mumkin.
Kompaniya filiallarida zamonaviy fitting xonalar mavjud bo'lib, bu internet-do'konlar va fashion sohasidagi bizneslar uchun qo'shimcha qulaylik yaratadi hamda sotuv hajmini oshirishga yordam beradi.
EMU Express doimiy ravishda rivojlanib, innovatsion texnologiyalar va yuqori xizmat standartlarini joriy etish orqali O'zbekiston va Markaziy Osiyodagi eng ishonchli pochta, kuryerlik va logistika operatorlaridan biri bo'lib kelmoqda.