7-may — O'zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali taqdirlash marosimida EMU Express direktori Jumayev Murod G'afurovich munosib taqdirlandi.
Mukofot Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Xotamovich Shermatov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur e'tirof — transport-logistika va raqamli texnologiyalar sohasini rivojlantirish, zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish hamda innovatsion xizmatlarni kengaytirish borasidagi samarali faoliyatning yuksak bahosidir.
Bugungi kunda EMU Express zamonaviy logistika infratuzilmasini rivojlantirish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish va mijozlarga qulay hamda ishonchli xizmatlarni taqdim etish yo'lida izchil faoliyat olib bormoqda.
Jumayev Murod G'afurovichni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
