Kompaniya7 May, 2026
7-may — Aloqa sohasi fidoyilari kuni!
Bugun dunyoni bir-biriga bog'laydigan, masofalarni yaqin qiladigan va insonlar o'rtasidagi aloqani mustahkamlaydigan barcha soha vakillarining bayrami!
EMU jamoasi barcha aloqa sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
Sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli har bir xabar o'z manziliga yetadi, har bir qo'ng'iroq yaqinlarni bog'laydi va har bir jo'natma tez hamda ishonchli tarzda yetkaziladi.
Mehnatingiz, mas'uliyatingiz va xizmatlaringiz uchun tashakkur! Doimo rivojda, aloqada va muvaffaqiyatda bo'ling!
Bayramingiz muborak bo'lsin!
