Kompaniya15 Yanvar, 2025
2024-yilgi "O'zbekiston Logistika Mukofotlari" marosimida EMU Express kompaniyasi "Yilning eng yaxshi kuryer xizmati" nominatsiyasida g'olib chiqdi. Marosim Toshkentning markaziy konsert zalida bo'lib o'tdi.
EMU Express 2024-yilda 227 ta filial orqali 5 milliondan ortiq jo'natmani muvaffaqiyatli yetkazib berdi. Mijozlar ishonchi va xizmat sifati bo'yicha reyting tizimida kompaniya 94.7 balga erishdi.
"Bu mukofot bizning jamoa a'zolarining har kunlik fidokorona mehnati natijasi. Biz kelgusida ham sifatni yanada oshirishga intilamiz" — dedi bosh direktor Xasanov Akmal Baxtiyorovich.
