Hamkorlik28 Dekabr, 2024
EMU Express va Uzum Market o'rtasida strategik hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shartnomaga ko'ra, Uzum Market platformasidan qilingan barcha buyurtmalar EMU Express orqali yetkazib beriladi.
Hamkorlik doirasida Uzum Market uchun maxsus tezkor yetkazib berish tizimi joriy etiladi. Toshkent shahri bo'ylab 4 soat ichida, viloyatlarga 1 kun ichida yetkazib berish amalga oshiriladi.
EMU Express bosh direktori Xasanov Akmal: "Bu hamkorlik ikki kompaniya uchun ham katta qadam. Biz O'zbekiston e-commerce bozorini rivojlantirishga hissa qo'shamiz."
